Barcha yangiliklar
🛣️ Qoraqo‘yli mahallasidagi ichki yo‘llar holati o‘rganildi
Gallery image 74052
Gallery image 74053
Gallery image 74054
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
25 Noy 2025
13:09

🛣️ Qoraqo‘yli mahallasidagi ichki yo‘llar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari U.Nurmuhammedov va N.Kiyamov Qoraqo‘yli mahallasidagi ichki yo‘llarning bugungi holatini o‘rgandilar. 🏘️

O‘rganish jarayonida yo‘llarning ko‘plab joylarda ta’mirtalabligi va piyodalar hamda transport harakati uchun yetarlicha sharoit yaratilmagani aniqlandi. Shu bilan birga, ko‘chalarga tosh to‘kilishi va shag‘allashtirish ishlari ham davom etayotganligi ko‘zga tashlandi. ⚠️

Deputatlar mahalla aholisiga qulay va xavfsiz sharoit yaratish, yo‘llarni tartibga keltirish va doimiy nazoratni ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tavsiyalar berdilar. 💡✅

Hududdagi ichki yo‘llar holatini yaxshilash ishlariga alohida e’tibor qaratiladi. 🏘️