Barcha yangiliklar
“Samandarak” MFYda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Gallery image 74013
Gallery image 74014
Gallery image 74015
Gallery image 74016
Gallery image 74017
Gallery image 74018
Gallery image 74019
Gallery image 74020
RAXIMJONOV ULUG‘BEK SOTVOLDI O‘G‘LI
30 Okt 2025
00:00

“Samandarak” MFYda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

“Samandarak” MFYda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

         Xalq deputatlari Bag‘dod tuman Kengashi deputati Islomjon Ahmedov tashabbusi va rahbarligida tumandagi Samandarak mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. 

         Islomjon Ahmedovning ta’kidlashicha, eng avvalo katta yo‘l yoqalari kengaytirilmoqda, noqonuniy qurilgan binolar buzilmoqda va turli to‘siqlar bartaraf etilmoqda. Shu bilan birga, ariqlar chiqindilardan tozalanib, oqava suvlar uchun beton quvurlar yotqizilmoqda.

         Aholi turmushini yanada yaxshilash maqsadida 950 metr masofada ichimlik suv quvurlari tortib kelindi. Shuningdek, "Jiydali" ko‘chasida istiqomat qiluvchi 1350 ta oila ehtiyoji uchun 11 kilometr masofada suv quvurlari yotqizish ishlari boshlab yuborildi.