Barcha yangiliklar
Olmazor tumanidagi "Nihol" MFY da mahalla yettiligi faoliyati o'rganildi
Gallery image 73912
Gallery image 73913
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
04 Dek 2025
09:58

Olmazor tumanidagi "Nihol" MFY da mahalla yettiligi faoliyati o'rganildi

O'zbekiston Ekologik partiyasi Olmazor tuman partiya tashkiloti raisi, Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Shaxnoza Umarxodjayeva "Nixol" MFYda mahalla yettiligi faoliyatini yanada jadallashtirish yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlar o‘rganilib, belgilangan tartibda ularni ijobiy hal etish, tegishli tashkilotlar bilan bog'langa holda masalalarni sifatli va ijobiy yakunlash bo'yicha mahalla yettiligi bilan muhokamalar olib borildi.

Yakunda ko'tarilgan muammolar yuzasidan hal etish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish, tegishli tartibda mas'ul tashkilot vakillarini jalb qilish, zarur hollarda deputat so'rovi yuborilishi, shuningdek ijrosi yuzasidan nazorat o'rnatilishi ta'kidlab o'tildi.