Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 73778
Gallery image 73779
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
17 Dek 2025
15:41

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 11-Muqimiy saylov okrugi deputati Olimjon Jumanazarov tomonidan "Muqimiy" mahallasida joylashgan 12-umumta’lim maktabida 9–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida bitiruvchi sinf o‘quvchilarining ta’limning keyingi bosqichlariga to‘liq qamrab olinishi, ya’ni oliy ta’lim, kasb-hunar va professional ta’lim yo‘nalishlariga qiziqishi hamda rejalari yuzasidan so‘rovnoma o‘tkazildi.

📝 So‘rovnoma natijalari orqali:

⚫️o‘quvchilarning kelajakdagi ta’lim rejalarini aniqlash,

⚫️ularning qiziqish va ehtiyojlarini o‘rganish,

⚫️kasb tanlashda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganishlar yoshlarning bilimli, kasbga ega va jamiyatda munosib o‘rin egallashiga xizmat qiladi.