Barcha yangiliklar
Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi
Gallery image 73744
Gallery image 73745
Gallery image 73746
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
17 Dek 2025
11:44

Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida bugun Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 11-Qo‘lichi saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubov Farxod Maxkamovich o‘zi saylangan okrugdagi “Xo‘ja” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyatini, yaqindan o‘rgandi. Deputat F.Yoqubov “Mahalla yettiligi” bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish, aholini ish bilan band qilish, to‘y-hasham masalalari yuzasidan suhbat o‘tkazdi.Tadbir davomida “Xo‘ja” MFY hokim yordamchisining o‘z yo‘nalishdagi faoliyati samaradorligi bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek mahalla raisi bilan aholini qiynab kelayotgan masalalarga yechim topish ishsizlikni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tuzildi.