Barcha yangiliklar
TA’LIM MUASSASALARIDA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Gallery image 73732
Gallery image 73733
Gallery image 73734
Gallery image 73735
Gallery image 73736
Gallery image 73737
SHAMSIDDINOVA DILNOZA ILXOMOVNA
17 Dek 2025
11:18

TA’LIM MUASSASALARIDA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI

22-Sardoba saylov okrugi deputati F. Bo‘taeva tomonidan hududdagi 27 va 28-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir jarayonida davlat va jamiyat hayotida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat faoliyatida mas’uliyatni oshirish hamda qonuniy talablar asosida ish yuritish masalalari keng yoritildi. Shu bilan birga, aholining kundalik hayotida uchraydigan to‘y-hasham va turli marosimlarni soddaroq, tejamli hamda urf-odatlarga mos tarzda o‘tkazishning ijtimoiy аҳамiyati haqida фикрлар билдирилди.

Deputat o‘z chiqishida o‘qituvchilarning nafaqat ta’lim berishda, balki jamiyatda namunali xulq-atvorni shakllantirishdagi o‘rni muhim ekanini qayd etdi. Yosh avlodni halollik, kamtarlik va mas’uliyat ruhida tarbiyalash bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi, mavjud muammolar va takliflar yuzasidan fikrlar tinglandi.