Barcha yangiliklar
Deputat targ‘ibot tadbirlarida
Gallery image 73702
Gallery image 73703
Gallery image 73704
Gallery image 73705
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
17 Dek 2025
09:28

Deputat targ‘ibot tadbirlarida

Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi deputati T.Tangirov o‘zi saylangan “Yangiyer” MFY dagi 47-maktabida bo‘lib, maktab jamoasi va saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Shuningdek, maktabda o‘tkazilayotgan “Shavkat Mirziyoyev — jahon miqyosidagi davlat va siyosat arbobi” nomli kitob-albomlariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirida ham qatnashdi.

Deputat ushbu kitob mazmun mohiyati va olib borilayotgan ishlar o‘zgarishlar yoshlar ta’lim tarbiyasi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Mazkur kitob ta’lim jarayoniga keng joriy qilinib, ular:

- “Kelajak soatlari” doirasida qo‘shimcha o‘quv manbasi sifatida,

- maktab kutubxonalari fondini boyitishda,

- ma’rifiy uchrashuvlar va targ‘ibot tadbirlarida o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi.

Ushbu tashabbus yosh avlodning ma’naviy dunyosini boyitish, ularda yetakchilik va vatanparvarlik ruhini mustahkamlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.