Barcha yangiliklar
Mahalla hududida jinoyatlarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
Gallery image 73687
Gallery image 73688
Gallery image 73689
Gallery image 73690
Gallery image 73691
Gallery image 73692
Gallery image 73693
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
16 Dek 2025
19:45

Mahalla hududida jinoyatlarning oldini olish masalalari muhokama qilindi

Oltinsoy tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Bahrom Maxmatrayemov raisligida tuman hokimligi majlislar zalida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda mamlakatimizda jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida erishilayotgan ijobiy ko‘rsatkichlar ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3 yanvardagi 1-sonli qarori ijrosi doirasida tumandagi 54 ta mahallaga 726 ta videokuzatuv kamerasi, 17 ta domofon, 21 ta tashvish tugmasi o‘rnatildi. Shuningdek, 96 ta “xavfsiz ko‘cha” va 68 ta “xavfsiz yo‘lak” tashkil etildi.

Qarorga muvofiq, mahalla hududida jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha mas’ullar hamda ularning vazifalari aniq belgilab berildi.

✍️ Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati