Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 73634
Gallery image 73635
Gallery image 73636
Gallery image 73637
Gallery image 73638
Gallery image 73639
Gallery image 73640
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
16 Dek 2025
15:58

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xususan, Boyovut tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga maxsus texnika xarid qilish uchun Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining 01.12.2025-yildagi VII-24-201-9-0-K/25-sonli qaroriga asosan 174 mln so‘m ajratilgan. Hozirda mazkur mablag‘lar elektron savdo platformasi orqali xarid jarayonlariga kiritilgan.

Shuningdek, Boyovut tumani “Sarmich” mahallasida yerlarning jarlanish holatini bartaraf etish uchun 450 mln so‘m mablag‘ tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DMga rejalashtirilgan. Zarur geologik va ekologik xulosalar olingan bo‘lsa-da, loyiha-smeta hujjatlari tayyorlash ishlari sust kechmoqda va ishlar hali boshlanmagan. Hozirda loyiha hujjatlari elektron savdo platformasiga joylashtirilib, jamoatchilik muhokamasi bosqichida.

Bundan tashqari, Boyovut tumanidagi 19-sonli maktabni ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari uchun Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashining 04.09.2025-yildagi VII-19-152-9-0-K/25-sonli qaroriga asosan 1 mlrd 175 mln so‘m ajratilgan. Hozirga qadar ishlarning 30 foizi bajarilgan bo‘lib, deputatlar tomonidan joyida o‘rganilganda ta’mirlash ishlari “Charos Baraka Nur” MCHJ tomonidan jadallik bilan olib borilayotgani aniqlandi.