Barcha yangiliklar
Deputat va "Mahalla yettiligi" hamkorligi
Gallery image 73620
Gallery image 73621
Gallery image 73622
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
16 Dek 2025
14:44

Deputat va "Mahalla yettiligi" hamkorligi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati K.Xakimova O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35–V-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Oqoltin tumani “Ko‘rkam diyor” mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashdi.

Ushrashuvda mahalla yettiligi tomonidan aholining noroziligiga sabab bo‘layotgan 5 ga yaqin takliflar tushdi, bildirilgan muammo va takliflar ijrosi yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli mutasadi rahbarlar bilan yuqoridagi masalalarning yechimi yuzasidan gaplashib, keyingi uchrashuvlarda axborot berishga kelishib olindi.