Barcha yangiliklar
Yangi yo‘l mahalla yettiligi faoliyati — amaliy o‘rganish va ochiq muloqot
Gallery image 73570
Gallery image 73571
Gallery image 73572
Gallery image 73573
Gallery image 73574
Gallery image 73575
Gallery image 73576
DADAJONOVA OZODAXON ADILOVNA
16 Dek 2025
11:16

Yangi yo‘l mahalla yettiligi faoliyati — amaliy o‘rganish va ochiq muloqot

 Yangi yo‘l mahalla
yettiligi faoliyati — amaliy o‘rganish va ochiq muloqot
 

🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona
tuman Kengashi deputati Feruza Omonova Yangi yo‘l mahallasida bo‘lib, mahalla
yettiligi bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida yettilik a’zolari
tomonidan mahallada aholi manfaatlari yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud
yutuqlar va hal etilishini kutayotgan masalalar bo‘yicha batafsil hisobotlar taqdim
etildi.
 

🔹 Muloqot jarayonida mahalla aholisini
qiynayotgan dolzarb muammolar bevosita muhokama qilinib, ularni kechiktirmasdan
hal etish, fuqarolar turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan aniq va manzilli
chora-tadbirlar belgilab olindi. Bunday uchrashuvlar mahallada ochiqlik, hamjihatlik
va mas’uliyatni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda