Barcha yangiliklar



CHORIYEVA MAXLIYO TOSHKENTBOYEVNA
15 Dek 2025
17:59
Tuman tibbiyot birlashmasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Angor tuman Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha komissiya a’zolari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida korrupsiyaning oldini olish, shaffoflikni ta’minlash hamda aholini bepul dori-darmon bilan ta’minlash masalalari yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida ishonch telefonlari, axborot lavhalari, fuqarolar qabuli hamda bepul dori-darmonlarni taqsimlash tartibining amaldagi holati o‘rganildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.