Barcha yangiliklar
“Deputat O. Yoldoshev tomonidan korrupsiyaning oldini olish va marosimlarni ixchamlashtirish bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi”
Gallery image 73475
Gallery image 73476
Gallery image 73477
SHAMSIDDINOVA DILNOZA ILXOMOVNA
15 Dek 2025
16:41

“Deputat O. Yoldoshev tomonidan korrupsiyaning oldini olish va marosimlarni ixchamlashtirish bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi”

4-Paxtaobod saylov okrugi deputati O. Yo‘ldoshev hududdagi 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida deputat tomonidan korrupsiyaning oldini olish, jamiyatda halollik va ochiqlik tamoyillarini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, mahallada to‘y-hasham va marosimlarni ixcham, me’yor doirasida o‘tkazish, ortiqcha dabdaba va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha mazmunli ma’ruza qilindi. Uchrashuv ishtirokchilari ushbu masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Bunday uchrashuvlar aholi o‘rtasida huquqiy ongni oshirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga xizmat qiladi.