Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK NAZORATI
Gallery image 73430
Gallery image 73431
Gallery image 73432
Gallery image 73433
Gallery image 73434
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
15 Dek 2025
14:42

DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputatlari U.Xudayberdiev va X.Xo‘jaqulovlar tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 24-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, mazkur ta’lim muassasasida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida deputatlar qurilish ishlarining belgilangan loyiha va me’yoriy talablar asosida olib borilayotganini, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishini atroflicha ko‘zdan kechirdilar. 

O‘rganishlar yakunida deputatlar mas’ul tashkilot va ijrochilarga qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar va tavsiyalar berdilar.

✍️ Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati