Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 73347
Gallery image 73348
Gallery image 73349
Gallery image 73350
Gallery image 73351
Gallery image 73352
Gallery image 73353
Gallery image 73354
Gallery image 73355
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
13 Dek 2025
14:55

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Nogironligi bo‘lgan bolalarning umumta’lim maktablarida teng huquqli ta’lim olishini ta’minlash, ularni sog‘lom tengdoshlari bilan birga o‘qitish jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida bugun Xalq deputatlari Boypvut tumani Kengashi deputatlari tomonidan tumandagi 13, 23 va 55-umumta’lim maktablariga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida inklyuziv ta’limni tashkil etish holati, nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, jumladan, maktab infratuzilmasining moslashtirilganligi, sinf xonalari, sanitariya-gigiyena sharoitlari, panduslar va maxsus jihozlarning mavjudligi o‘rganildi.

Shuningdek, pedagoglarning inklyuziv ta’lim bo‘yicha malakasi, o‘quv jarayonida individual yondashuvning yo‘lga qo‘yilgani hamda ota-onalar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning fikr va takliflari tinglandi.

O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, inklyuziv ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi hamda mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.