Barcha yangiliklar
#Oltinsoy_tumani_deputatlari #Ochiq_dars_bo‘lib_o‘tdi.
Gallery image 73306
Gallery image 73307
Gallery image 73308
Gallery image 73309
Gallery image 73310
Gallery image 73311
Gallery image 73312
Gallery image 73313
Gallery image 73314
Gallery image 73315
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
13 Dek 2025
12:41

#Oltinsoy_tumani_deputatlari #Ochiq_dars_bo‘lib_o‘tdi.

 📘 Oltinsoy tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ekologiyaga bag‘ishlangan ochiq mashg‘ulot tashkil etildi. Unda tabiatni asrash va ekologik muammolar mavzusi ochiq dars bo‘lib o‘tdi. 

🔸 Ushbu tadbirda tuman Xalq deputatlari Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov, tuman Kengashi deputati A.Mamatmuratov, kotibiyat bosh mutaxassisi I.Roziqov hamda “Qoratepa” mahalla faxriysi I.Obilovlar ishtirok
etdilar.
 

👩🏫Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga global iqlim o‘zgarishlari, atmosfera va suv havzalarining ifloslanishi, Orol dengizi bilan bog‘liq ekologik inqiroz, chiqindilarni boshqarish muammolari yuzasidan tushunchalar berildi. Jamoaviy ishlarda o‘quvchilar ushbu muammolarning kelib chiqish sabablari, salbiy oqibatlari va ularni kamaytirish yo‘llari haqida fikr almashdilar. 

📍 Mashg‘ulotdan ko‘zlangan maqsad: yoshlar ongida ekologik mas’uliyatni kuchaytirish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish. 

📍 Erishilgan natija: o‘quvchilar ekologik muammolar har bir insonni bevosita qiziqtirishi, tabiatni asrash har kimning burchi ekanini anglab yetdilar. 

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati