Barcha yangiliklar
Deputat so‘rovi asosida Dehqonobodda ichki yo‘l muammosi bartaraf etildi
Gallery image 73227
Gallery image 73228
Gallery image 73229
Gallery image 73230
Gallery image 73231
Gallery image 73232
Gallery image 73233
MARDANOV TUYCHI NORBOYEVICH
12 Dek 2025
15:37

Deputat so‘rovi asosida Dehqonobodda ichki yo‘l muammosi bartaraf etildi

Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi deputati Dilorom Hayitova Istiqlol mahallasidagi saylovchilar bilan uchrashuv davomida mahallada yog‘ingarchilik vaqtida ichki yo‘l bo‘ylab suv to‘planib, piyodalar va transport harakatiga noqulaylik tug‘dirayotgani yuzasidan murojaat qabul qilgan edi. 

Deputat tomonidan tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasiga tegishli deputatlik so‘rovi yuborildi va masala ijobiy hal etildi. Muammoni bartaraf etish maqsadida yo‘l bo‘ylab suv o‘tkazgich truba o‘rnatildi. 

Mazkur ishlar natijasida aholining kundalik harakati uchun qulaylik yaratildi.