Barcha yangiliklar
Dehqon bozorlarida jamoatchilik nazorati
Gallery image 73150
Gallery image 73151
Gallery image 73152
Gallery image 73153
Gallery image 73154
Gallery image 73155
Gallery image 73156
Gallery image 73157
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
12 Dek 2025
11:26

Dehqon bozorlarida jamoatchilik nazorati

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J.Xojiboyev tomonidan mutassadi tashkilot mas’ullari bilan hamkorlikda tumandagi Markaziy dehqon bozorida bo‘lib, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, narx-navo barqarorligiga erishish, mavsum uchun oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralari yaratilganligi holati jamoatchilik nazorati asosida o‘rganildi. Bunda "Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi"dagi go'sht, guruch, piyoz,
sabzi, kartoshka va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining narxlariga alohida e'tibor qaratildi. O‘rganish jarayonida deputat
bozor ma'muriyati hamda tadbirkorlarga bozorda oziq- ovqat mahsulotlarini yo‘l bo‘yi va yo‘laklarda sanitariya talablariga zid ravishda sotilmasligi, go‘sht do‘konlarida sotuvchilar maxsus kiyimsiz mijozlarga xizmat ko‘rsatmasligi kerakligi bo‘yicha o‘z tavsiyalarni aytib o‘tdi. Sotuvchilarga savdo jarayonida narx-navoni sun’iy oshirib yubormaslik bo‘yicha tavsiyalarini berib o‘tildi. Uchrashuv chog‘ida sotuvchi va tadbirkorlarning muammo va takliflari ham o‘rganildi.