Barcha yangiliklar
8-dekabr – O‘zbekiston  Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun
Gallery image 73069
Gallery image 73070
Gallery image 73071
Gallery image 73072
Gallery image 73073
Gallery image 73074
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
06 Dek 2025
17:27

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

8-dekabr – Konstitutsiya kuni

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati A. Avliyakulov tomonidan bir qator ma’rifiy va targ‘ibot tadbirlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida deputat Konstitutsiyaning ahamiyati, uning jamiyat hayotidagi o‘rni, fuqarolar huquq va erkinliklarini kafolatlashdagi roli haqida batafsil ma’lumot berdi. Uchrashuvda ishtirok etgan yoshlarga Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarish va yangiliklar, ularning hayotimizga ta’siri bo‘yicha sodda va tushunarli ko‘rinishda tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, deputat Konstitutsiya kunining mazmun-mohiyatini chuqur anglash, huquqiy madaniyatni oshirish hamda fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash borasida, ta’lim muassasalari rahbarlari va keng jamoatchilik bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tadbir jarayonida yoshlar bilan “Konstitutsiya — kelajagimiz poydevori” mavzusida savol-javoblar tashkil etildi, faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi.

Tadbir yakunida A. Avliyakulov bunday ma’rifiy uchrashuvlar davomiy bo‘lishi, fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalanishi jamiyat taraqqiyotining muhim omili ekanini ta’kidladi.