Barcha yangiliklar
3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni.
Gallery image 73056
Gallery image 73057
Gallery image 73058
Gallery image 73059
Gallery image 73060
Gallery image 73061
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
03 Dek 2025
17:21

3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni.

3-dekabr – Xalqaro Nogironlar kuni munosabati bilan deputat Baxramova Gavxar o‘zi saylangan hududdagi nogironligi bo‘lgan fuqarolardan xabar oldi. 

Tadbir doirasida u fuqarolarning yashash sharoiti, sog‘lig‘i va kundalik ehtiyojlari bilan tanishdi. Tashrif davomida ularga zarur ijtimoiy ko‘mak sifatida oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi, shuningdek, qo‘shimcha yordam ko‘rsatish bo‘yicha taklif va ehtiyojlari tinglandi.

Mazkur tashrifning asosiy maqsadi – nogironligi bo‘lgan fuqarolarga doimiy e’tibor qaratish, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va mehr-oqibatni yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Shu bilan birga, tadbirda nogironligi bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy faolligini rag‘batlantirish, ularni turli jamiyat hayotiga faol jalb etish ham muhim vazifa sifatida belgilandi.

Deputat Baxramova Gavxar Xalqaro Nogironlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarni doimiy asosda davom ettirish, fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish va ularning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan ishlarni yanada kengaytirish tarafdori ekanligini ta’kidladi.