Barcha yangiliklar
3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni.
Gallery image 73044
Gallery image 73045
Gallery image 73046
Gallery image 73047
Gallery image 73048
Gallery image 73049
Gallery image 73050
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
03 Dek 2025
17:17

3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni.

3-dekabr – “Xalqaro nogironlar kuni” doirasida 7-Qahramon saylov okrugi deputati Xakimov Sirojiddin Turayevich nogironligi bo‘lgan fuqarolarning holidan xabar olib, ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida xayriya aksiyasini tashkil etdi.

Ushbu tadbir doirasida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bir nechta oilalarga kundalik iste’mol uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Deputat tomonidan ko‘rsatilgan e’tibor nafaqat moddiy yordam bo‘lib, balki mazkur toifadagi fuqarolarga bo‘lgan ijtimoiy g‘amxo‘rlik va hurmatning amaliy ifodasi bo‘ldi.

Xakimov Sirojiddin Turayevich nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatdagi o‘rni va ularning huquqlarini qo‘llab-quvvatlash masalasiga alohida e’tibor qaratib keladi. Tadbir jarayonida u fuqarolar bilan suhbatlashib, ularning kundalik muammolari, ehtiyojlari va takliflarini tingladi.

Deputatning tashabbusi mahalla ahli tomonidan e’tirof etildi va ushbu xayriya tadbiri ularning hayotiga iliqlik, mehr va qo‘llab-quvvatlash ruhini olib kirdi.