Barcha yangiliklar
Deputat tomonidan hududidagi maktabgacha ta’lim muassasasi isitish tizimi o‘rganildi
Gallery image 73030
Gallery image 73031
Gallery image 73032
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
26 Noy 2025
17:09

Deputat tomonidan hududidagi maktabgacha ta’lim muassasasi isitish tizimi o‘rganildi

Deputat tomonidan hududidagi maktabgacha ta’lim muassasasi isitish tizimi o‘rganildi

Termiz tuman Kengashi deputati N.Ruziyeva tomonidan tumandagi 12-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida muassasaning isitish tizimi holati, qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi va mavjud texnik kamchiliklar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

Deputat tomonidan isitish qozonlari, quvurlar, issiqlik yetkazib beruvchi punktlar hamda bog‘cha xonalaridagi harorat me’yorlari bo‘yicha mas’ul xodimlardan batafsil ma’lumot olindi. Shuningdek, muassasa hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar va qo‘shimcha e’tibor talab etadigan jihatlar ham o‘rganildi.

Uchrashuvda deputat muassasadagi isitish tizimining uzluksiz va xavfsiz ishlashi esa doimiy nazoratda bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.