Barcha yangiliklar
Tibbiyot xodimlari O‘zLiDeP safida
Gallery image 72978
Gallery image 72979
Gallery image 72980
Gallery image 72981
Gallery image 72982
TEMIROV AZIZBEK O‘KTAM O‘G‘LI
11 Dek 2025
12:13

Tibbiyot xodimlari O‘zLiDeP safida

O‘zLiDeP Termiz shahar Kengashi tashabbusi bilan viloyat Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi viloyat filialida “Eng faol Boshlang‘ich partiya tashkiloti” loyihasi doirasida navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda tashkilot rahbari A.Ziyoyev, O‘zLiDeP Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov, partiyaning shahar Kengashi apparat rahbari A.Tangirov, BPT raisi S.Axmatov hamda partiya a’zolari va faollar qatnashdi.

Davra suhbatida Boshlang‘ich partiya tashkilotining faoliyati hamda yangi a’zolarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, BPTlar sonini oshirish, “o‘rnak BPT” tajribasini ommalashtirish, a’zolarning muammolarini o‘rganish va ularni deputatlar bilan hamkorlikda hal etishning ahamiyati ham alohida aytib o‘tildi.