Barcha yangiliklar
Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi,mahalla nuroniylari, faollari  bilan uchrashuvi
Gallery image 72721
Gallery image 72722
Gallery image 72723
Gallery image 72724
Gallery image 72725
Gallery image 72726
Gallery image 72727
Gallery image 72728
Gallery image 72729
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
10 Dek 2025
17:24

Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi,mahalla nuroniylari, faollari bilan uchrashuvi

🔹Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi 11-Alisher Navoiy okrugi deputati N.Akbarova, «Nuroniy» jamg‘armasi Marg‘ilon shahar bo‘limi raisi S.Toshpo‘latovlar Marg‘ilon shahrining Ahmad Yassaviy mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi bilan uchrashdi hamda hududdagi ijtimoiy ahamiyatga ega oilalar holatini o‘rgandi.

🔹Tashrif davomida deputat mahalla nuroniylari, faollari bilan suhbatlashib, aholining dolzarb masalalari, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

🔹Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xonadonlariga kirib borildi, ularning muammo va ehtiyojlari tinglanib, hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🔹Uchrashuv yakunida mahallada aholi farovonligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha kelgusi reja va vazifalar ham belgilab olindi.