Barcha yangiliklar
Deputatga murojaat joyiga chiqib hal etildi.
Gallery image 72681
Gallery image 72682
Gallery image 72683
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
10 Dek 2025
15:22

Deputatga murojaat joyiga chiqib hal etildi.

 Xalq deputatlari shahar kengashining deputati J.Dushabayev, X.Ibragimova va U.Abdunazarov fuqarolar bilan bo‘lgan uchrashuvda ko‘tarilgan masalani joyiga chiqib o‘rganildi. “Bekobod savdo kompleksi”ga yaqin hududda tadbirkorlik faoliyati
bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar joy masalasidagi muammoli vaziyatga yechim topib berish bo‘yicha murojaat qilingan. Bozor ma’muriyati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan o‘rganishda bir qator fuqarolar bozorga tutash yerdan savdo rastalarini o‘rnatgan
holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganligi, biroq yo‘lda ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi bois turar joy masalasi muammo bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida ushbu muammo bartaraf etildi.
Bozor ma’muriyatiga ushbu tutash hududga oid tegishli dastur ishlab chiqish va tartibga keltirish yuzasidan tavsiyalar berildi.