Barcha yangiliklar
#korrupsiya_taraqqiyot_kushandasi Dehqonobod tumanida korrupsiyaga qarshi “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
Gallery image 72564
Gallery image 72565
Gallery image 72566
Gallery image 72567
Gallery image 72568
Gallery image 72569
Gallery image 72570
MARDANOV TUYCHI NORBOYEVICH
09 Dek 2025
17:44

#korrupsiya_taraqqiyot_kushandasi Dehqonobod tumanida korrupsiyaga qarshi “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan tasdiqlangan aksilkorrupsiya oyligi doirasida Dehqonobod tumani hokimligida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.   

Tadbirda OAV vakillari, deputatlar, jamoatchilik vakillari ishtirok etib, tumanda korrupsiyaning oldini olish, ochiqlikni ta’minlash hamda zamonaviy aksilkorrupsiya mexanizmlarini joriy etish borasidagi faoliyat yuzasidan o‘z savollariga javob oldilar.   

Uchrashuvda Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov so‘zga chiqib, hokimlik faoliyatida shaffoflik, raqamlashtirish va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish ustuvor yo‘nalish etib belgilanganini ta’kidladi. Shuningdek, jamoatchilikdan
kelgan takliflar tinglanib, tegishli mas’ullarga amaliy topshiriqlar berildi.
   

Tadbir tumanda korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari ochiq, oshkora va jamoatchilik ishtirokida amalga oshirilayotganini yana bir bor namoyon etdi.