Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatlari mahallalarda obodonchilik ishlari bilan tanishdi
Gallery image 72532
Gallery image 72533
Gallery image 72534
Gallery image 72535
Gallery image 72536
Gallery image 72537
Gallery image 72538
Gallery image 72539
Gallery image 72540
Gallery image 72541
BEGIMQULOV MUSURMON XOLBUTAYEVICH
20 Noy 2025
00:00

Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatlari mahallalarda obodonchilik ishlari bilan tanishdi

Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatlari mahallalarda obodonchilik ishlari bilan tanishdi

✅ Joylarda aholi farovonligini oshirish, mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yanada yaxshilashga qaratilgan ishlarning amalga oshirilishi deputatlar tomonidan tizimli o‘rganib borilmoqda. Shu maqsadda Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatlari tumandagi bir qator mahallalarda bo‘lib, obodonchilik ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdilar.

✅Uchrashuvlar davomida deputatlar aholi xonadonlarida amalga oshirilayotgan tomorqa xo‘jaligi ishlari, yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslar, mahallalardagi sanitariya va ekologiya holati yuzasidan o‘rganishlar olib bordilar. Shuningdek, xonadonlar sharoitlarni yaxshilash, ko‘kalamzorlashtirish, ichki yo‘laklarni ta’mirlash, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kabi yo‘nalishlarda tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

✅Deputatlar tomonidan bildirilgan takliflar kelgusida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi, aholi uchun qulay shart-sharoit yaratish borasida aniq ishlarni olib borishdi.

✈️@sam_vil_deputatlari