Barcha yangiliklar
KONSTITUTSIYA BAYRAMI TADBIRLARI  O‘TKAZILMOQDA
Gallery image 72443
Gallery image 72444
Gallery image 72445
Gallery image 72446
Gallery image 72447
Gallery image 72448
Gallery image 72449
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
08 Dek 2025
11:14

KONSTITUTSIYA BAYRAMI TADBIRLARI O‘TKAZILMOQDA

KONSTITUTSIYA BAYRAMI TADBIRLARI O‘TKAZILMOQDA

8 dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Qiziltepa tumanidagi bir qator ta’lim dargohlarida, korxona va tashkilotlarda bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri 5-Ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida ham tashkil etildi.

Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi va tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari ham ishtirok etib, barcha yig‘ilganlarni ushbu bayram bilan samimiy tabrikladi.

Maktabning iste’dodli o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan “Konstitutsiya – Yangi O‘zbekistonning yuragi!” nomli bayram dasturi va sahna namoyishlari ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi.

Tadbirda faol ishtirok etgan va o‘quv jarayonlarida turli ijobiy yutuqlarga erishgan yoshlar maktab ma’muriyati tomonidan taqdirlandi.