Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.
Gallery image 72346
Gallery image 72347
Gallery image 72348
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
09 Dek 2025
08:36

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 25-Boyqishloq saylov okrugi deputati O. Tursunov tomonidan 65-maktabda 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda so‘zga chiqildi. Unda bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishda jamiyatda huquqiy ongni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan insonning ichki rad etish hissini uyg‘otish hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda barchaning birlashishi lozimligi ta’kidlab o‘tildi.