Barcha yangiliklar
“Konstitutsiyamiz – baxtimiz qomusi”
Gallery image 72244
Gallery image 72245
Gallery image 72246
Gallery image 72247
Gallery image 72248
Gallery image 72249
Gallery image 72250
Gallery image 72251
Gallery image 72252
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
06 Dek 2025
15:18

“Konstitutsiyamiz – baxtimiz qomusi”

Barchamiz tinch vafarovon hayotimizning muhim kafolati hamda mustahkam huquqiy poydevori bo‘lgan Bosh qomusimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33-yilligini ko‘tarinki kayfiyat bilan nishonlamoqdamiz.

Shu munosabat bilan xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari D.Sherboyev, V.Sidnenko, L.Musayev, M.Ramazonov va M.Kenjayevalar o‘zlari saylangan hududlardagi koxona, tashkilot va muassasalardan Konstitutsiyasimiz qabul qilinganligining 33-yilligi munosabati bilan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishdilar. Tadbirlar davomida Konstitutsiyasimiz tarixi, mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’ruzalar qilindi.

Har qanday davlatning yuzi, obro‘ - e’tibori uning Konstitutsiyasi bilan belgilanadi. Zotan, Konstitutsiya davlatni davlat, millatni
millat sifatida dunyoga tanitadigan bosh Qonundir.
Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, aholining turmush darajasi hamda ongu-tafakkuridagi o‘sish sur’atlari-Konstitutsiyamizda belgilangan qoida va tamoyillar sharofati dandir.