Barcha yangiliklar
Deputat faoliyati
Gallery image 72009
CHORIYEVA MAXLIYO TOSHKENTBOYEVNA
05 Dek 2025
14:38

Deputat faoliyati

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 17-Yangihayot saylov okrugi deputati Sadatov Mustafo Menglievich hududidagi Yangihayot mahallasi yettiligi faoliyati bilan tanishdi .Tashrif davomida deputat mahalla yettiligiga biriktirilgan har bir yo‘nalish bo‘yicha bajarilayotgan vazifalarni atroflicha o‘rgandi. Jumladan, obodonlashtirish ishlari, ko‘cha-yo‘llarning holati, hududni tozalash va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ajratilgan bir martalik yordam pullarining adolatli va shaffof tarzda aholiga yetkazilishi jarayoni ham o‘rganildi. Bu borada mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berild. Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.