Barcha yangiliklar
Ishtixon tumani deputat “Katta Qangli” mahallalar aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Gallery image 7015
Gallery image 7016
Gallery image 7017
Gallery image 7018
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
16 Mar 2024
10:16

Ishtixon tumani deputat “Katta Qangli” mahallalar aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Keyingi yillarda joylarga tushib, saylovchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish, odamlarning talab va istaklarini ro‘yobga chiqarish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Natijada uzoq yillardan buyon o‘z yechimini kutib turgan muammolar ijobiy yechim topa boshladi. Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Lola Mansurova o‘z saylovchilar uchun yuzma-yuz muloqot qildi.

Uchrashuvda deputat L.Mansurova faoliyati davomida qilingan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

Muloqot davomida saylovchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi borasida qilinayotgan ishlar qayd etilib, ularni qiynab kelayotgan muammo va takliflar tinglandi. Ular tomonidan bildirilgan murojaatlarni qonun doirasida tegishli tashkilotlar bilan o‘rganib chiqishga va nazoratga olishga kelishib olindi.