Barcha yangiliklar
Chinoz tumanida mahalla fuqarolari bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazildi
Gallery image 71952
Gallery image 71953
Gallery image 71954
Gallery image 71955
Gallery image 71956
Gallery image 71957
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
05 Dek 2025
11:06

Chinoz tumanida mahalla fuqarolari bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazildi

Chinoz tumanida mahalla fuqarolari bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi raisi, tuman hokimi Sh.Salixov boshchiligida, tuman prokurori Z.Gaipov, tuman IIB boshlig‘i polkovnik O.G‘anibekov hamda hokim o‘rinbosari V. Mansurova ishtirokida "Kattatepalik" mahallasida sodir bo‘lgan noxush holat munosabati bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda mahalla ahli, yoshlar, oila vakillari, IIB mas’ullari, mahalla yettiligi, nuroniylar va faollar qatnashib, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot va tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv davomida oilaviy ziddiyatlarning oqibatlari, ularni oldini olish, muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, fuqarolar xavfsizligi, oilaviy tinchlik va ijtimoiy birdamlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida bunday noxush holatlarning takrorlanmasligi uchun amaliy choralar belgilandi.