Barcha yangiliklar
Chinoz tumani. 📌 Alisher Navoiy MFYda Konstitutsiya kuni munosabati bilan tadbirlar o‘tkazildi
Gallery image 71939
Gallery image 71940
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
05 Dek 2025
10:59

Chinoz tumani. 📌 Alisher Navoiy MFYda Konstitutsiya kuni munosabati bilan tadbirlar o‘tkazildi

📌 Alisher Navoiy MFYda Konstitutsiya kuni munosabati bilan tadbirlar o‘tkazildi

Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni, fuqarolarning huquq va majburiyatlari hamda qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida tushuntirishlar berildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati M.Mirsodiqov, nuroniylar, mahalla faollari va yoshlar faol ishtirok etib, Konstitutsiya kunining ahamiyati alohida ta’kidlandi.