Barcha yangiliklar
Chinoz tumani. Deputat Elyorjon Saidovning tashabbusi amalga oshdi
Gallery image 71928
Gallery image 71929
Gallery image 71930
Gallery image 71931
Gallery image 71932
Gallery image 71933
Gallery image 71934
Gallery image 71935
Gallery image 71936
Gallery image 71937
Gallery image 71938
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
05 Dek 2025
10:57

Chinoz tumani. Deputat Elyorjon Saidovning tashabbusi amalga oshdi

Deputat Elyorjon Saidovning tashabbusi amalga oshdi

🔰Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari Elyorjon Saidov tomonidan "Tashabbusli byudjet" loyihasining 2-mavsumida tumandagi “Xo‘ja” mahallasi hududidagi ko‘chalarni asfaltlashtirish, piyodalar yo‘lakcha qurish hamda lotok yotkizish tashabbusi kiritilgan edi. Ovoz berish natijasiga ko‘ra ushbu tashabbus loyihasi g‘olib deb topilgan bo‘lib, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi qarori bilan “Tashabbusli byudjet” jamg‘armasidan loyihani amalga oshirish tegishli mablag‘ uchun yo‘naltirildi.

✅Deputat va mahalla faollari bilan birgalikda mahalladagi yo‘llarni ta’mirlash va asfalt yotkizish ishlari muntazam nazorat qilib borildi. Natijada loyihani amalga oshirish uchun o‘tkazilgan elektron tanlovda g‘olib deb topilgan qurilish-pudrat tashkiloti tomonidan “Xo‘ja” mahallasidagi 8 ta ko‘chalarga 2,6 km uzunlikdagi asfalt qoplamasi yotkizildi.

♻️Mazkur amalga oshirilgan ijobiy ishlar mahalla farovonli, piyodalar va transport vositalarining ko‘chalarda xavfsiz, ravon harakatlanishi uchun xizmat qiladi.