Barcha yangiliklar
🌱Jondorda  “Yashil makon” loyihasi doirasida mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi.
Gallery image 71806
Gallery image 71807
Gallery image 71808
Gallery image 71809
Gallery image 71810
Gallery image 71811
Gallery image 71812
Gallery image 71813
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
25 Noy 2025
17:01

🌱Jondorda “Yashil makon” loyihasi doirasida mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi.

✅Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari, tuman Ekologik partiyasi va Milliy tiklanish partiyasi vakillari, 48-maktab jamoasi, Jondor 3-son texnikumi hamkorligida “Yashil makon” loyihasi doirasida navbatdagi ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi. 

✅Ushbu loyiha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ekologik islohotlarning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ta’lim muassasalarida yashil maydonlarni ko‘paytirish, atrof-muhitni muhofaza qilish madaniyatini shakllantirish, yosh avlodda tabiatga mehr, mas’uliyat va e’tibor tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qiladi.

✅“Yashil makon” umummilliy tashabbusi doirasida tumanimizdagi barcha ta’lim tashkilotlarida shunday ezgu ishlar izchil amalga oshirilmoqda. Har bir ekilgan ko‘chat — bu kelajakka qo‘yilgan kichik, ammo juda muhim hissa ekanini unutmaylik.