Barcha yangiliklar
Chinoz tumani. Hokim yordamchisining  faoliyati deputat nazoratida
Gallery image 71572
Gallery image 71573
Gallery image 71574
Gallery image 71575
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
03 Dek 2025
17:22

Chinoz tumani. Hokim yordamchisining faoliyati deputat nazoratida

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Abduvohid Turdiboyev “Birlik” mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O'rganish davomida aholining kambаg'аllikdan chiqarilishi, bandlikni ta’minlash, shuningdek, mahallada olib borilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari holati o‘rganildi.

Shuningdek, mavjud kamchiliklar va mavjud imkoniyatlar ko‘rib chiqilib, ularni samarali amalga oshirish jarayonlari muhokama qilindi. Aholining farovonligini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish “Birlik” mahallasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.