Barcha yangiliklar
Chinoz tumani. Mahalladagi hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi faoliyati  o‘rganildi
Gallery image 71550
Gallery image 71551
Gallery image 71552
Gallery image 71553
Gallery image 71554
Gallery image 71555
Gallery image 71556
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
03 Dek 2025
17:17

Chinoz tumani. Mahalladagi hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Laziz O‘tkirov tomonidan Afg‘on mahallasida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi. 

Jumladan, aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligi hamda yoshlar bandligi holati atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida imtiyozli kreditlar ajratilgan xonadonlarga ham borildi. Loyihalar ijrosi, mablag‘lar maqsadli yo‘naltirilishi va oilalarning iqtisodiy ahvoli o‘rganilib, amaliy natijadorlikka erishish maqsadida tegishli tavsiyalar berildi.

Deputat tomonidan mas’ullarga belgilangan vazifalar ijrosini muntazam nazoratga olish va amaliy natijadorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.