Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 71495
Gallery image 71496
Gallery image 71497
Gallery image 71498
Gallery image 71499
Gallery image 71500
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
03 Dek 2025
15:20

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumanida 3-dekabr-Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Shukrona” tantanalar uyida imkoniyati cheklangan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash tadbiri tashkil etildi.

Unda tuman hokimligi vakillari, Nogironlar jamiyati, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mutasaddilari, tuman Kengashi deputatlari, nogironligi bo‘lgan tumandoshlarimiz va ularning yaqinlari ishtirok etdi. 

Tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan tuman hokimining o'rinbosari Avazbek Alashukurov bugungi kunda yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga alohida e’tibor va amaliy g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgani haqida ta’kidladi.

Marosim ishtirokchilari uchun yozilgan bayram dasturxoni atrofida eng iliq tilaklar bildirildi. Jismoniy imkoniyati cheklangan hamyurtlarimiz uchun esdalik sovg‘alari ulashildi. San’atkorlarning diltortar kuy-qo‘shiqlari barchaga mamnunlik ulashdi.