Barcha yangiliklar
Deputatlar tuman mudofaa ishlari bo‘limidagi ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
Gallery image 71284
Gallery image 71285
Gallery image 71286
Gallery image 71287
Gallery image 71288
Gallery image 71289
Gallery image 71290
Gallery image 71291
Gallery image 71292
TO‘XTASINOV MUZAFFARJON MUXTORJON O‘G‘LI
28 Noy 2025
10:38

Deputatlar tuman mudofaa ishlari bo‘limidagi ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar

 Deputatlar tuman mudofaa
ishlari bo‘limidagi ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar
 

Xalq deputatlari Quva tuman
Kengashi deputatlari tuman mudofaa ishlari bo‘limida pudratchi tashkilot
“Active Construction” MChJ tomonidan bajarilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari
holatini o‘rgandilar. Loyixa qiymati 2 milliard
100 million so‘m.
 

O‘rganish
davomida deputatlar ob’ektda amalga oshirilayotgan ishlar sifati, texnologiyalarga
rioya etilishi hamda loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan atroflicha
fikr almashdilar. Shuningdek, qurilish tashkiloti mas’ullariga ishlarni qishning
sovuq kunlariga qoldirib qo‘ymasdan, belgilangan muddatlarda va yuqori sifat talablariga
rioya qilingan holda yakuniga yetkazish borasida tegishli tavsiyalar berildi.
 

Ta’kidlash
joizki, mazkur o‘rganish mudofaa sohasiga oid infratuzilmani yanada takomillashtirish,
aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish, shuningdek, binodan foydalanish
samaradorligini yanada yaxshilashga qaratilgan muhim qadamlardan biridir. Ushbu
ishlar amalga oshirilishi esa tuman hududidagi harbiy-ma’muriy infratuzilmani modernizatsiya
qilish va zamonaviy talablarga mos sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.