Barcha yangiliklar



SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
01 Dek 2025
15:48
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 17-Yangibo‘ston saylov okrugidan saylangan deputat Axrorjon Ibadullayev O‘zbekiston mahallasida murojaat bilan kelgan fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Qabul davomida mahalla aholisi tomonidan turli yo‘nalishlarda — uy-joy masalalari, ijtimoiy yordam, bandlik, infratuzilma va kundalik hayotda uchrayotgan boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat bo‘yicha deputat tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda joyida o‘rganish va hal etish choralarini ko‘rish belgilab olindi.