Barcha yangiliklar
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga yordam ko‘rsatildi.
Gallery image 71125
Gallery image 71126
Gallery image 71127
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
01 Dek 2025
11:22

Aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga yordam ko‘rsatildi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi “Nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish
tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-41-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining deputati X.Ibragimova tashabbusi bilan homiylarni jadb etgan holda 9 nafar nogironligi bo‘lgan bolalarga elektron aravachalar xadiya etildi. Ushbu xayriya tadbiri mamlakatimizda har yili 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanashi arafasida tashkil etilganligi ahamiyatlidir. Bu jonajon O‘zbekistonimizda olib borayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning yana bir yaqqol isbotidir. Chunki mamlakatimizda aholini ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand nogironlarga hayotda keng imkoniyat va sharoitlar yaratib berish masalasiga alohida ahamiyat berib kelinmoqda. Xayriya tadbirlari davom etmoqda.