Barcha yangiliklar
Oliy Majlis Senati qo'mitasi a'zolari Samarqand viloyatini o'rganishmoqda
Gallery image 6921
Gallery image 6922
Gallery image 6923
BEGIMQULOV MUSURMON XOLBUTAYEVICH
14 Mar 2024
16:24

Oliy Majlis Senati qo'mitasi a'zolari Samarqand viloyatini o'rganishmoqda

Oliy Majlis Senati Kengashining 2024-yil 6-martdagi qaroriga muvofiq aholining reproduktiv salomatligini saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini joriy yil 13-16-mart kunlari Samarqand viloyatida o‘rganish belgilangan.


Shu munosabat bilan Oliy Majlis Senatining Fan, ta'lim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasi ushbu masalani Samarqand viloyatini o'rganish uchun tashrif buyurishdi. 13-mart kuni xalq deputatlari viloyat Kengashi binosida tegishli viloyat hokimi o'rinbosarlari, mutasaddi vakillar, soha mutaxassislari va doimiy komissiya a'zolari bilan birgalikda o'rganish jarayonlarini qaysi tartibda olib borish bo'yicha muhokama o'tkazishdi.

2 ta ishchi guruhga bo'lingan holda, tuman va shaharlardagi reproduktiv salomatligini saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o'rganishga kelishib olindi.