Barcha yangiliklar
Ishtixon tumani deputati saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Gallery image 6900
Gallery image 6901
Gallery image 6902
Gallery image 6903
Gallery image 6904
Gallery image 6905
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
14 Mar 2024
13:02

Ishtixon tumani deputati saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Jamshid Rasulov saylov okrugiga qarashli Ishtixon kasb-hunarga o‘qitish markazida “Azamat”, “Boylata” va “Dehqonobod” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun o‘tkazgan uchrashuvlari chog‘ida amaldagi qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar bilan birga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda ularni qiynab kelayotgan muammo va takliflar tingladi.

Muloqotlar davomida aksariyat murojaatlar bartaraf etilgan bo‘lsa, yechimi uzoq vaqt talab etadiganlari deputatlik nazoratiga olinib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladigan bo‘ldi.

Aholini o‘ylantirayotgan bir qator masalalarga tegishli idoralar mas’ullari bilan birgalikda yechim topiladigan bo‘ldi.