Barcha yangiliklar
Mahalla yettiligi faoliyati
Gallery image 70947
Gallery image 70948
Gallery image 70949
Gallery image 70950
Gallery image 70951
Gallery image 70952
Gallery image 70953
Gallery image 70954
Gallery image 70955
Gallery image 70956
Gallery image 70957
Gallery image 70958
Gallery image 70959
MAMATQULOV MUSTAFAQUL BAHRIDDIN O‘G‘LI
29 Noy 2025
11:43

Mahalla yettiligi faoliyati

Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

25-Esonturdi saylov okrugidan deputat Isroil Uzaqovich Sindarov “Guliston” mahallasida tashkil etilgan “Mahalla yettiligi” tashabbuskor guruhi hamda aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Tadbir davomida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, aholining kundalik turmushiga ta’sir ko‘rsatayotgan masalalar hamda mahalla hayotini yanada yaxshilashga qaratilgan tashabbuslar batafsil muhokama qilindi. Deputat tomonidan mahalla yettiligi faoliyati atroflicha o‘rganilib, ularning amaldagi loyihalari va kelgusidagi rejalar bo‘yicha fikr almashildi. 

Uchrashuv jarayonida aholi tomonidan ilgari surilgan taklif va muammolar tinglandi. Xususan, ichki yo‘llarni ta’mirlash, yashil hududlarni kengaytirish, mahalladagi ijtimoiy obyektlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar ko‘tarildi. Deputat Sindarov bu borada tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilishini ma’lum qildi. 

Mahallada olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, fuqarolarni ijtimoiy hayotga keng jalb qilish va mavjud muammolarning amaliy yechimini
topish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
 

Uchrashuv yakunida deputat aholining murojaatlari doimiy nazoratda bo‘lishini, “mahalla yettiligi”ning samarali faoliyatini ta’minlash bo‘yicha
muntazam muloqotlar davom ettirilishini ta’kidladi.


Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi