Barcha yangiliklar
Deputat va Maorif mahalla yettiligi shahar kutubxonasida
Gallery image 70934
Gallery image 70935
Gallery image 70936
Gallery image 70937
Gallery image 70938
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
29 Noy 2025
10:33

Deputat va Maorif mahalla yettiligi shahar kutubxonasida

  Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Behzod Obidov Maorif mahalla yettiligi bilan birgalikda Marg‘ilon shahar Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida deputat kutubxonada amalga oshirilayotgan ishlar, kitobxonlarga yaratilgan sharoitlar hamda axborot-resurslar bilan tanishdi. Mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy loyihalar haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, deputat B.Obidov kutubxona fondiga bir qator badiiy va ma’rifiy kitoblarni sovg‘a qildi. U kelgusida ham kutubxona bilan hamkorlikda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

Bu tashrif yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlikni keng targ‘ib etish hamda mahalla–kutubxona hamkorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.