Barcha yangiliklar
Qiziriq tumani Tibbiyot birlashmasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Gallery image 70884
Gallery image 70885
Gallery image 70886
Gallery image 70887
Gallery image 70888
ZOIROV BAHRIDDIN TO‘RABEK O‘G‘LI
28 Noy 2025
17:58

Qiziriq tumani Tibbiyot birlashmasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

 Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashining deputati Rajabova Dilafro‘z Amanturdiyevna hamda tuman Kengashi deputatlari Alimov Ne’matullo Eshqobilovich hamda Kengash kotibiyati mudiri Muhammadiyev Komiljon Bo‘riyevichlar tomonidan Qiziriq tumani Tibbiyot birlashmasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi. 

Dastlab, o‘rganish jarayonida Tibbiyot birlashmasining qozonxona isitish tizimlari, issiq suv ta’minoti, quvurlar hamda qozonxona holati joyida ko‘zdan kechirildi. Deputatlar tug'ruqxona va shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish bo‘limlariga isitish energiyasi yetkazib berish holati ko‘zdan kechirildi, ayrim texnik kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish zarurligini ta’kidladi.

O‘rganish yakunida deputatlar tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.