Barcha yangiliklar
Muzrabot tuman hokimligida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
Gallery image 70831
Gallery image 70832
Gallery image 70833
Gallery image 70834
Gallery image 70835
Gallery image 70836
Gallery image 70837
Gallery image 70838
Gallery image 70839
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
28 Noy 2025
16:54

Muzrabot tuman hokimligida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

Bugun Muzrabot tumani hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi - Abdulla Mamatqulov tashabbusi bilan tuman hokimligida tumandagi texnikum va umumta’lim maktablarining bitiruvchi yoshlariga mo‘ljallangan “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni”ga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbirda tuman Kengashi deputatlari ham faol qatnashdilar.

Tadbir davomida yoshlarga tuman hokimligida korrupsiyaga qarshi kurashish, boshqaruvdagi ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, hokimlik majlislar zalida tuman hokimi, tuman Kengashi raisi - Abdulla Mamatqulov va tuman prokurori Islombek Xo‘jamurodov ishtirokida bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda korrupsiyaning salbiy oqibatlari, tumanda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda kelgusidagi rejalarga oid tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida yoshlarga hokimlik tizimi, bo‘lim va xodimlar faoliyati bo‘yicha amaliy tanishtiruv jarayonlari tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv yoshlarda davlat boshqaruvidagi shaffoflik, halollik va mas’uliyat borasida tasavvurlarni yanada boyitishga xizmat qildi.