Barcha yangiliklar
Chinoz tumani. Chinoz dehqon bozoridagi narx-navo barqarorligi o‘rganildi
Gallery image 70715
Gallery image 70716
Gallery image 70717
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
28 Noy 2025
10:49

Chinoz tumani. Chinoz dehqon bozoridagi narx-navo barqarorligi o‘rganildi

🔰Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati M.Mirsodiqov tomonidan tuman markazidagi dehqon bozorida aholining kundalik ehtiyoji uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari narxlari va ularning mavjudligi holati o‘rganildi.

♻️O‘rganish jarayonida bozor rastalaridagi ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlarning narx-navo barqarorligi, savdo sharoitlari hamda aholiga yetarli miqdorda taqdim etilayotganligi yuzasidan monitoring olib borildi.

🔰Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — aholining iste’mol savatchasiga kiradigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha narxlar barqarorligini ta’minlash, sog‘lom raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlash va fuqarolarga qulay savdo sharoitlarini yaratishdan iboratdir.