Barcha yangiliklar







ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
28 Noy 2025
10:22
Chinoz tumani. Tibbiyot sohasi o'rganildi
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Olimjon Dadajonov Olmazor QFY, Nafis ko‘chasida joylashgan 60-sonli poliklinikada bo‘lib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati bilan yaqindan tanishdi.
Jumladan, poliklinikada aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi, shuningdek, bemorlarga bepul berilishi lozim bo‘lgan dori vositalari bilan ta’minlash jarayonini o‘rgandi.
Deputat, xizmat ko‘rsatish tartibi va aholining murojaatlarini o‘rganib, tizim samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli takliflarni belgilab oldi.